Yangiliklar

3-martdan ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga ariza topshirish boshlanadi

O‘qish vaqti 2 daqiqa
Bugun 10:34
3-martdan ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga ariza topshirish boshlanadi

3-mart kuni soat 09:00 dan ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun arizalar qabuli boshlanadi. Ularni Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz orqali bepul jo‘natish mumkin. Xizmatdan foydalanishda hech qanday hujjat talab etilmaydi.

Prezident farmoni bilan 3-martdan ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga arizalar qabuli boshlanadi, deya xabar bermoqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati.

Hujjat bilan 2025-yilga mo‘ljallangan ipoteka subsidiyalarini to‘lashning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi. Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar soni o‘tgan yilga nisbatan 1,5 baravarga oshdi — 30 ming nafargacha ariza beruvchi ipoteka yordamini oladi.

Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar to‘lashning tasdiqlangan maqsadli ko‘rsatkichlari doirasida arizalarni 3-mart kuni soat 09:00 dan boshlab jo‘natish mumkin.

Arizalarni Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz orqali topshirish imkoni bor. Bunda ariza beruvchi xohishi bilan uning daromadlari hisob-kitobiga yaqin qarindoshlarining ham daromadlari kiritilishi mumkin.

Xizmatdan foydalanishda hech qanday hujjat talab etilmaydi va arizachi haqidagi ma’lumotlar portalda avtomatik ravishda shakllanadi.

Ariza beruvchi va uning yaqin qarindoshlarining (ular arizada ko‘rsatilgan holda) o‘rtacha daromad miqdori:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan (3 mln 118 ming 500 so‘m) 8 baravarigacha (9 mln 240 ming so‘m);

Toshkent shahrida — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan (3 mln 118 ming 500 so‘m) 9,2 baravarigacha (10 mln 626 ming so‘mgacha) bo‘lishi zarur.

Ma’lumot o‘rnida, ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush o‘rtog‘ining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida mulk huquqi bilan turar joy mavjud bo‘lmasligi lozim.

Eslatib o‘tamiz, hukumat qarori bilan ipoteka subsidiyalarini olish tartibiga o‘zgartirishlar kiritilgandi. Arizalarni ko‘rib chiqish jarayoni 14 ish kunidan 5 ish kunigacha qisqartiriladi. Foiz to‘lovlarining kompensatsiyalangan qismi oshadi, subsidiya berishning ijtimoiy mezonlari ham o‘zgaradi.

Endilikda subsidiya.idm.uz maxsus platformasida ariza topshirilgandan keyin bir soat ichida ko‘rib chiqiladi. YAIDXP veb-saytidan (my.gov.uz) foydalanganda arizalar avtomatik platformaga yuboriladi, davlat xizmatlari markazlari esa ularni ariza topshirilgandan bir soat ichida tizimga kiritishi shart.

Bugun 10:34

Sizga yoqishi mumkin

Barchasini ko‘rsatish
Toshkentda 2025-yil oxirigacha 452 ta lift yangilanadi
Yangiliklar

Toshkentda 2025-yil oxirigacha 452 ta lift yangilanadi

O‘qish vaqti 1 daqiqa
2025-yil 19-fevral
2030 yilgacha kamida 100 ta «Yangi O‘zbekiston» massivi quriladi
Yangiliklar

2030 yilgacha kamida 100 ta «Yangi O‘zbekiston» massivi quriladi

O‘qish vaqti 3 daqiqa
2025-yil 7-fevral