Yangiliklar

Toshkentda 2025-yil oxirigacha 452 ta lift yangilanadi

O‘qish vaqti 1 daqiqa
2025-yil 19-fevral
Toshkentda 2025-yil oxirigacha 452 ta lift yangilanadi

Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahrida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy va energetika soha obyektlari hamda ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2025/2026-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2025-yil oxirigacha ekspluatatsiya muddati o‘tgan 452 ta lift yangisiga almashtiriladi. 

Bugungi kunda Toshkent shahridagi ko‘p xonadonli uy-joylarda jami 9101 ta lift mavjud. Ulardan 2042 tasining (22,4 foiz) foydalanish muddati o‘tgan.

Qayd etilishicha, 2025-yil oxirigacha 2042 ta eski liftning 22,1 foizi yangilanadi. Yangi liftlar ilg‘or xavfsizlik standartlariga ega va energiya tejamkor bo‘ladi.

Yangilanadigan liftlarni tanlash mezonlari quyidagicha:

·       25 yildan ortiq xizmat qilgan; 

·       texnik talablarga javob bermaydigan;

·       xavfsizlik darajasi past bo‘lgan liftlar ustuvor tartibda almashtiriladi.

Avvalroq ko‘p kvartirali uylarning liftlarini boshqarish va monitoring qilish bo‘yicha “Xavfsiz lift” yagona idoralararo platformasi ishlab chiqilayotgani haqida xabar berilgandi.

Bugunga qadar ko‘p qavatli uylardagi 8 942 ta lift texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan

2025-yil 19-fevral

Sizga yoqishi mumkin

Barchasini ko‘rsatish
3-martdan ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga ariza topshirish boshlanadi
Yangiliklar

3-martdan ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga ariza topshirish boshlanadi

O‘qish vaqti 2 daqiqa
Bugun 10:34
2030 yilgacha kamida 100 ta «Yangi O‘zbekiston» massivi quriladi
Yangiliklar

2030 yilgacha kamida 100 ta «Yangi O‘zbekiston» massivi quriladi

O‘qish vaqti 3 daqiqa
2025-yil 7-fevral