Yangiliklar

Xalqaro ekspertlar yordamida kelgusi besh yil uchun uy-joy siyosati strategiyasi ishlab chiqiladi

O‘qish vaqti 3 daqiqa
2025-yil 5-fevral
Xalqaro ekspertlar yordamida kelgusi besh yil uchun uy-joy siyosati strategiyasi ishlab chiqiladi

Qurilish sohasida “eskrou” tizimi joriy etiladi. Agar obyekt o‘z vaqtida topshirilmasa, quruvchi yer solig‘ini ikki barobar miqdorda to‘lash majburiyatiga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, banklar tomonidan xorijdan jalb qilingan 310 million dollar mablag‘ quruvchilarga aylanma kapital sifatida ajratiladi.

Ushbu tizim developerlar uchun hozirgidan pastroq stavkada mablag‘ jalb qilish imkonini beradi. Muhimi, developerlarni moliyalashtirish uy qurish bilan bir vaqtda boshlanadi va qurilish yakunlanmaguncha davom etadi.

Fuqarolar uchun ham qo‘shimcha qulayliklar yaratiladi. Ular qurilish boshidan ipoteka va subsidiya olish, shuningdek, uy bitmasdan turib uni boshqa shaxsga sotish imkoniga ega bo‘ladi. Bu orqali uy sotib oluvchilar kafolatli himoyalanadi.

Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, developerlar tomonidan obyektning 50 foizi qurib bitkazilganda, fuqarolar kredit va subsidiya olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ushbu tartib nafaqat imtiyozli ipoteka uchun, balki tijorat ipotekasi uchun ham tatbiq etiladi.

Quruvchi tashkilotlar qurilish boshlanishidan yakunigacha, lekin ko‘pi bilan 12 oy davomida yer solig‘idan ozod qilinadi. Agar obyekt o‘z vaqtida foydalanishga topshirilmasa, developer yer solig‘ini ikki barobar miqdorda to‘laydi.

Shuningdek, xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda kelgusi besh yil uchun uy-joy siyosati strategiyasini ishlab chiqish topshirildi.

O‘tkazilgan muloqotlarda developerlarning ko‘pchiligi yer ajratish, kreditlash, qurilishga ruxsat olish, infratuzilmani rivojlantirish, foydalanishga topshirish va uylarni sotish jarayonlari bilan bog‘liq muammolarni ko‘targan.

Misol uchun, o‘tgan yili 5 ming xonadonli 150 ta ko‘p qavatli uy aylanma mablag‘ yetishmovchiligi sababli bitkazilmay qolgan. Shu bois banklarning xorijdan jalb qilingan mablag‘idan 310 million dollarni quruvchilarga aylanma kapital sifatida berish taklifi ma’qullandi.

Bundan tashqari, 18 ming xonadon gazda individual isitiladigan qilib qurilgani sababli foydalanishga qabul qilinmay turibdi. Mutasaddilarga ishchi guruh tuzib, har bir holatni o‘rganish va muammoni bartaraf etish bo‘yicha hukumatga taklif kiritish vazifasi topshirildi.

Shu bilan birga, joriy yilda 135 ming xonadonli ko‘p qavatli uylarni markazlashgan holda isitiladigan, oshxonalari esa elektr plitalar bilan jihozlanadigan qilib qurish zarurligi qayd etildi.

Markaziy va ichki ko‘chalarni yoritishda ortiqcha energiya sarfini kamaytirish bo‘yicha maxsus dastur ishlab chiqish ham belgilandi.

Shuningdek, hududlarda liftlarni foydalanishga qabul qilish jarayoni 2-3 oyga cho‘zilayotgani sababli har bir viloyatda kamida 2 ta maxsus brigada tashkil etish, shuningdek, 20 nafar fuqaro liftlarga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha o‘qitilishi vazifasi qo‘yildi.

2025-yil 5-fevral

Sizga yoqishi mumkin

Barchasini ko‘rsatish
3-martdan ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga ariza topshirish boshlanadi
Yangiliklar

3-martdan ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga ariza topshirish boshlanadi

O‘qish vaqti 2 daqiqa
Bugun 10:34
Toshkentda 2025-yil oxirigacha 452 ta lift yangilanadi
Yangiliklar

Toshkentda 2025-yil oxirigacha 452 ta lift yangilanadi

O‘qish vaqti 1 daqiqa
2025-yil 19-fevral