Yangiliklar

2025 yilda renovatsiya doirasida 20 ming xonadon quriladi

O‘qish vaqti 1 daqiqa
2025-yil 5-fevral
2025 yilda renovatsiya doirasida 20 ming xonadon quriladi

Prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida 2024 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025 yil uchun ipoteka dasturi bo‘yicha rejalar muhokama qilindi. Uy-joy qurilishida asosiy e’tiborni eskirgan uylarni yangilashga, zamonaviy ko‘p qavatli uylarni barpo etishga qaratish zarurligi ta’kidlandi.

Bunday loyihalarni amalga oshirish yerdan foydalanish samaradorligini 4-5 barobar oshirishga, kommunikatsiya xarajatlarini esa ikki barobar kamaytirishga imkon beradi. Ammo eng muhimi – odamlarning turmush darajasi tubdan yaxshilanadi. Renovatsiya natijasida hudud aholisi uchun yangi imkoniyatlar yaratiladi, zamonaviy shahar muhiti shakllanadi, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalari kengayadi, yangi ish o‘rinlari paydo bo‘lib, iqtisodiyot rivojlanadi.

Shuningdek, Jizzax, Marg‘ilon, Qo‘qon, Shahrisabz, Qarshi shaharlari hamda Do‘stlik va poytaxt tumanlarida renovatsiya ishlari muvaffaqiyatli boshlanganligi qayd etildi. Bu hududlardagi tajribani butun mamlakat bo‘ylab kengaytirish lozimligi ta’kidlandi, chunki eskirgan va avariya holatidagi uylarda yashayotgan fuqarolar bu o‘zgarishlarni intiqlik bilan kutmoqda.

Shu sababli 2025 yilda renovatsiya asosida 20 ming xonadon qurish rejalashtirilgani bildirildi. Bu esa uy-joy fondining modernizatsiya qilinishi va fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ladi.

2025-yil 5-fevral

Sizga yoqishi mumkin

Barchasini ko‘rsatish
3-martdan ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga ariza topshirish boshlanadi
Yangiliklar

3-martdan ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga ariza topshirish boshlanadi

O‘qish vaqti 2 daqiqa
Bugun 10:34
Toshkentda 2025-yil oxirigacha 452 ta lift yangilanadi
Yangiliklar

Toshkentda 2025-yil oxirigacha 452 ta lift yangilanadi

O‘qish vaqti 1 daqiqa
2025-yil 19-fevral